2024-yil 5-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda “Siemens” (Germaniya) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mavjud podstansiyalarni modernizatsiya qilish sohasida raqamli yechimlardan foydalanish va raqamli podstansiyalarni loyihalashda amaldagi standartlar bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Investitsiyalar boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati