Yangiliklar
Vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan «sport targ'ibotchi»lari o‘rtasida qishki sport musobaqalari o‘tkazildi
  • 29.02.2024
  • 62

2024-yil 26-28 fevral kunlari Boʻstonliq tumanidagi Chimyon qishlogʻida o‘tkazilgan “Chimgan challenge-2024” sport tadbiri O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan vazirlik, idora va tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos namuna tadbiri bo‘lib, tez-tez «Sport hamma uchun!» shiori ostida sport o‘yinlari o‘tkazilishiga kelishib olindi.

“Chimgan challenge-2024” qishki sport musobaqalaridan o‘rin olgan stritbol sport musobaqasida Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi «sport targ‘ibotchi»lari jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

Aksiyadorlik jamiyati jamoasi «sport targ‘ibotchisi» O.Vohidovni sport faoliyatida erishayotgan yutuqlari bilan qutlaydi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>