Yangiliklar
Bosh prokuratura: Energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda
  • 28.02.2024
  • 71

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga 49 ta ijro hujjati bo‘yicha 4 mlrd. 86 mln. so‘m hamda “Hududgaz” korxonalari foydasiga 111 ta 1 mlrd. 302 mln. so‘m qarzdorlik amalda undirildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 1 mlrd. 37 mln. so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, bugungi kunga qadar 1 mlrd. 22 mln. so‘mlik mulklarni elektron onlayn savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Misol uchun, Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “SINTER AGRO” MChJdan undiruvchi “Hududgaz” korxonasi foydasiga 149,5 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq qoplangan.

Manba

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>