Yangiliklar
Buxoro viloyatida kuchli shamol natijasida 2 ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik toʻliq bartaraf etildi
  • 21.02.2024
  • 108

17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida jiddiy shikastlangan 110 kV kuchlanishdagi “L-Gazli-1” va “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlari toʻliq taʼmirlanib, qayta ishga tushirildi.

Qariyb toʻrt kun davomida noqulay ob-havo sharoitlarida murakkab kechgan taʼmirlash-tiklash ishlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 9 ta maxsus brigada tarkibidagi 83 nafar xodimi 12 ta mashina va texnika mexanizmlari bilan faollik koʻrsatishdi. Ish 24 soatlik rejim asosida yoʻlga qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tarmoqdan elektr energiyasi oluvchi aholi isteʼmolchilari hozirgi vaqtgacha zaxiradagi “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanayotgan edi.

Mnaba: https://t.me/minenergy_uz/10629?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>