Yangiliklar
2023-yil SARHISOBI. 5-sonli: Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yilda olib borgan faoliyati haqida maʼlumotnoma
  • 21.02.2024
  • 136

“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 18 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 4456 nafar kasaba uyushma aʼzolaridan iborat. Shulardan 759 nafari xotin-qizlar* hamda 682 nafari yoshlardan iborat (*Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" tibbiy muassasasi borligi uchun ayollar soni ko‘proq).

 

2023-yilda Birlashgan kasaba uyushmasi xizmatidagi 18 ta filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ish rejalariga muvofiq samarali mehnat faoliyati olib bordilar, jumladan:

- Vatanga muhabbat, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Respublikamizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor qadamjolari bo‘lgan Samarqand shahriga jami 143 nafar xodimlar va oila aʼzolari olib borildi ("Toshkent MET" filiali, "Navoiy MET" filiali, "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" tibbiy muassasasi).

- Toshkent shahriga 60 nafar xodimlar va oila aʼzolari olib borildi ("Toshkent shahar MET" filiali).

- Xiva shahriga 244 nafar xodimlar va oila aʼzolari olib borildi ("Qashqadaryo MET", "Surxondaryo MET", "Buxoro MET", "Navoiy MET", "Samarqand MET" filiallari).

- Zomin maskaniga Ekoturizmga 13 nafar xodimlar va ularning oila aʼzolari olib borildi (“Energo-IT” filiali).

- Ugam tog‘ zonasi “Olmos” dam olish maskaniga 60 ga yaqin xotin-qizlar va ularning farzandlari sayohatga olib borildi (Markaziy apparat).

Bayramlar munosabati bilan jamoalarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Barcha filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda 8-Mart, Navro‘z, Xotira va qadrlash kuni, Shifokorlar bayrami, Yangi yil bayramlariga dasturxonlar tuzaldi. Bu tadbirlarga energetika tizimi rivojiga samarali mehnatini qo‘shgan Energetika faxriylari taklif qilindi. 8 dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami arafasida “Energetika faxriysi” unvoniga sazovor bo‘lgan xodimlarga Faxriy yorliqlar va Tashakkurnoma olgan xodimlarga unvonlar va guldastalar takdim etilishi uyushtirildi (Barcha filiallarda va Markaziy apparatda).

· Yubiley va tug‘ilgan kunlari munosabati bilan xodimlarga zar chapon, esdalik papkalari xarid qilindi, 8 mart, 22 dekabrda guldastalar topshirilishi uyushtirildi (Barcha filiallarda va Markaziy apparatda).

· 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatining 541 ta xotin-qizlariga bayram dasturxonlari tuzaldi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Stend-pannolar yasatildi (Barcha filiallar va Markaziy apparat).

· Navro‘z, Mustaqillik va Yangi yil bayramlarii arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ho‘jayli tumani va "Katta Qo‘yliq" maxallalaridagi kam taʼminlangan oilalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatish uchun tikuv mashinasi va oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi. 2 nafar temir daftarda turgan xoti-qizlarga “Nurafshon” sanatoriyasiga har biri 2 350 000 so‘mlik yo‘llanmalar bepul berildi (Markaziy apparat).

· Navro‘z bayrami arafasida Chirchiq shahridagi mehribonlik uyi 200 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilariga Navro‘z bayrami konsert dasturi uyushtirildi. Bolalarga sport anjomlari, o‘quv-qurollari, kiyim-kechaklar va oziq-ovkat mahsulotlari sovg‘a qilindi (Markaziy apparat).

· Boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar olib berildi ("Samarqand MET", "Buxoro MET").

· Bayramlar arafasida energetika tizimida ishlab pensiyaga ketgan 30 ga yaqin pensionerlarni holidan xabar olinib oziq-ovqat maxsulotlari berildi ("Farg‘ona MET", "Toshkent shahar MET", "Qoraqalpoq MET"filiallari).

Navro‘z bayrami tadbirlari barcha filiallarda keng nishonlandi. Barcha filiallar va Markaziy apparatda bayram dasturxonlari tuzaldi, bayramga sovg‘alari ulashildi.

· 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan filiallarda baynalminalchi jangchilarga bayram dasturxoni tuzaldi. “G‘alaba bog‘i”ga ekskursiya tashkil etildi. ("Samarqand MET", “Energo-IT” filiallari).

· 1-iyun — “Bolalarni ximoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan “Anxor-Lokomotiv” istirohat bog‘iga, bolalar tomoshalariga, bolalar konserti dasturlariga 750 ga yaqin bolalar mazza qilib dam olishlari, o‘yin-kulgu qilishlarini tashkil etildi. Stend-pannolar yasatildi (Barcha filiallar va Markaziy apparat).

· Ho‘jalik hisobidan 1% mehnatga haq to‘lash fondidan Yangi yil bayrami munosabati bilan jamiyat xodimlarining 4704 nafar farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi (Barcha filiallar va Markaziy apparat).

·  Yangi yil bayrami tomoshalariga, bolalar o‘yin maydonchalariga 2000 dan ziyod chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi (Barcha filiallarda va Markaziy apparatda).

· Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga 176 nafar bolalar sog‘liklarini tiklashdi, bu maqsadlarga ho‘jalik organidan va kasaba uyushma mablag‘laridan mablag‘ sarflandi (Markaziy apparat hamda "Toshkent MET", "Toshkent shahar MET", “Energo-IT”, “Magistraltarmoqqurilish”, "Qashqadaryo MET", "Farg‘ona MET", "Navoiy MET" filiallari).

Kam taʼminlangan oilaning 3 nafar farzandlariga 6 600 000 so‘mlik “Ugam” bolalar lageriga yo‘llanma bepul berildi.

· Ijtimoiy ko‘makka muhtoj xodimlarga kasaba uyushmasidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· Konsert, teatrlarga 1700 tadan ortiq chiptalar xarid qilindi va ishchi-xodimlarga bepul tarqatildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· 1-sentyabr — Bilimlar kuni, yaʼni o‘quv yili boshlanishi arafasida 2 va undan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchi farzandi bo‘lgan kam taʼminlangan xodimlarning 28 nafar farzandlariga o‘quv-qurollari xarid qilindi ("Buxoro MET", "Farg‘ona MET" filiallari).

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami barcha filiallarda keng nishonlandi. Xodimlarga bayram dasturxonlari tuzaldi (“Magistraltarmoqqurilish”, "Qashqadaryo MET" filialari).

· 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan joylarda maʼnaviyat soatlari, davra suhbatlari o‘tkazildi. Jamiyat tomonidan energetika tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlar Faxriy yorliqlar va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Taqdirlangan xodimlarga guldastalar va esdalik sovg‘alari berildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· 22-dekabr — “Energetiklar kuni” kasb bayrami munosabati bilan barcha filiallarda bayram tadbirlari uyushtirildi. 1810 nafar xodimlarga osh dasturxonlari tuzaldi (Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Namangan viloyatidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida).

· 22-dekabr kasb bayrami munosabati bilan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi, 70 ta xodimlar qatnashdi, sovrindorlarga esdalik sovg‘alar berildi ("Toshkent shahar MET" filiali).

· “Yong‘in xavfsizligi oyligi”, “Texnika havfsizligi oyligi” ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari berildi ("Samarqand MET" filiali).

· Yil davomida magistral liniyalarda yuzaga kelgan avariyali o‘chish holatlarini oldini olish va bartaraf etish ishlarida qatnashgan ishchi-xodimlarga moddiy ko‘mak berish maqsadida dala joylarida issiq oziq-ovqat, kofe, choy doimiy tashkil etilib borildi, yil davomida 500 dan ziyod xodimlarga issiq ovqatlar tashkil etildi (Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent shahar, Toshkent viloyati magistral elektr tarmoqlari filiallari va Markaziy apparatda).

· O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Jamiyat tasarrufidagi filiallarning barcha kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol va minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblariga va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

 

Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan kelishilgan holda ish vaqti ichida xodimlarni 30 minut davomida yengil gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanishlari tashkil etildi ("Jamiyat sport targ‘ibotchisi" yordamida)

· Xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish uchun basseynlarga abonementlar 50 foizga tarqatildi. Xodimlar futbol bilan shug‘ullanishlari uchun futbol maydonlari arendasi mablag‘lari to‘lab berildi, sport inventarlari xarid qilindi (Barcha filiallarda va markaziy apparatda).

· 2023-yil davomida Aksiyadorlik jamiyat birlashgan kasaba uyushmasi va sport targ‘ibotchisi bilan hamkorlikda Bouling, Badminton, stol tennisi va “Baliq ovi” musobaqalari muntazam o‘tkazildi va sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlarga esdalik sovg‘alari berildi. Shuningdek, sport anjomlari xarid qilindi (Markaziy apparat).

· Xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘liklarini tiklash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2023 yil davomida Farg‘ona viloyatidagi “Nurafshon” sihatgohida 28 ta energetika fahriysi bepul davolandi. MHTF 1 foiz mablag‘i hisobidan mablag‘lar sarflandi va energetika faxriylari sog‘liklarini tiklashdi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· Bo‘stonliq tog‘ zonasida joylashgan “Ugam” dam olish maskanida 1 nafar xodimlar va oila aʼzolari hordiq olishlari taʼminlandi (Markaziy apparatda).

· Xodimlar va ularning oila aʼzolariga 10 foiz kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan Respublikadagi “Turon”, “Xumson”, “Zomin”, “Oqtosh”, “Chortoq”, “Botanika” va “Chinobod” sihatgohlari hamda «Chorvoq oromgohi», “Navro‘z”, “Kumishkon” dam olish uylariga 75 ta yo‘llanmalar xarid qilingan va imtiyozli — 45 foizli to‘lov asosida xodimlar va ularning oila aʼzolariga berilgan.

· Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 33 nafar xodim sanatoriyalarga imtiyozli 45 foiz narhda yuborildi. 2 ta yo‘llanma 2 nafar baynalminalchi jangchi bo‘lgan xodimga bepul berildi (Barcha filiallarda va markaziy apparatda).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 06/1-2408-sonli topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasi Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriyasida “Dam olish — davolanish – bilim olish – malaka oshirish” loyihasi asosida 2023-yilda 17 nafar xodimlar sog‘lomlashtirilib va bilim-saviyalarini oshirishlari tashkil etildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· Respublikaning ommaviy axborot vositalari gazeta va jurnallarga 2024-yil uchun “Ishonch”, “Ishonch-Doveriye”, “Darakchi” va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

· Birlashgan kasaba uyushma qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi bilan hamkorlikda jamiyatdagi ayollarni o‘rni va mavqeini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi, xususan, “Ona tilim — jon-u dilim” shiori ostida Davlat tili bayramiga bag‘ishlangan sheʼriyat kunlari o‘tkazildi, milliy qadriyatlarimiz targ‘ib qilishlikka qaratilgan “XON-ATLAS” tadbirlari uyushtirildi. Sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiyot va kitobxonlik tadbirlari uyushtirildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

·  Yil davomida Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari hamkorlikda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi, ayollarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishlari va sayohatlarga olib borilishi uyushtirilib borildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

·  Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamda Jamiyatning "sport targ‘ibotchisi" o‘z faoliyatini 2023 yilda ijobiy olib bordi. Xususan, yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Mini futbol bilan shug‘ullanishlari uchun futbol maydonchalari arendaga olib berildi. Basseynlarga abonementlar tarqatildi (Barcha filiallar va Markaziy apparatda).

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga ko‘ra Jamiyat jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishi va 2023-yilga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining video-konferensiyasi o‘tkazildi.

· Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalar ”Mexnat muhofazasi va munosib mehnat sharoitlarini yaratish” haqida, “Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi” to‘g‘risida, “Maʼnaviyat va maʼrifat ishlarining olib borilishi, xodimlar va ularning oila aʼzolarining sog‘lomlashtirilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturini bajarilishini taʼminlash to‘g‘risida”gi masalalar belgilangan vaqtda qo‘mita yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi.

·  Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar bajarildi.

·  Yil davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuborilishi lozim bo‘lgan statistik hisobotlar, Yil dasturi bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirildi.

· Toshkent shahar kasaba uyushmalari birlashmasi kengashiga topshirilishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar, yo‘llanmalar bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda topshirildi.

· Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi buxgalteriyasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Ustav talablariga asosan yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 30 foizlik aʼzolik badallari mablag‘lari o‘z vaqtida yuborilishi taʼminlandi.

· 2023-yil davomida Jamiyat xodimlaridan, filiallaridan va boshqa tashkilotlardan kelgan turli mavzularni o‘z ichiga olgan murojaatlar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib, belgilangan muddatlarda yozma ko‘rinishda, E-Ijro tizimi asosida, murojaatchilarga tegishli tartibda javoblar berilishi taʼminlandi.

·«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi 2024-yilda ham xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishda kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda xizmat qiladi.

 

 ✍️ Nodira Xidirova, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

Eʼtiboringizga 2023-yil davomida Axborot xizmati tomonidan kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatiga oid xabar va maʼlumotlar havolasini taqdim etamiz:

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>