Yangiliklar
Hamkorlikdagi o‘quv-taktik mashg‘ulotlarida magistral elektr tarmoqlari xodimlari faol ishtirok etishdi
  • 20.12.2023
  • 72

⚡️ «Qamchiq» dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika darajasidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari faol ishtirok etishdi.

O‘quv mashqlari jarayonida energetiklar, aniqrog‘i yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar, qo‘riqlash brigadalari favqulodda holatlarda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tabiiy va texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zlarining tayyorgarlik darajasini namoyon qilishdi.

Tadbir davomida, shu bilan birga, favqulodda holatlarda zudlik bilan voqyea-hodisa joyiga yetib kelishi lozim bo‘lgan brigadalarning shaylik darajasi va mahorat ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

✍️ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>