O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4791-sonli qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan, Jahon banki kredit mablag‘lari ishtirokida, “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi va 220, 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida respublikamizda ilk bor Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 500 kV kuchlanishli raqamli “Halqa” podstansiya qurish belgilangan.
“Halqa” podstansiyasi 1602 MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘lib, uning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahridagi ishlab chiqarish, sanoat korxonalari va aholi isteʼmolchilarini elektr taʼminoti sifatini oshirish hamda Toshkent viloyatida ishga tushiriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlari uchun “Toshkent issiqlik stansiyasi”ning elektr energiyasini yetkazishda “Keles” podstansiyasiga tushadigan yuklamani kamaytirishga erishiladi.
Podstansiya qurilish ishlarini “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ g‘olib deb topildi va shartnoma imzolandi.
Loyiha qurilish-montaj ishlarini 2024-yil yakuniga qadar yakunlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Halqa” podstansiyasini “Sirdaryo” IES va energetika tizimining boshqa podstansiyalari bilan bog‘lash uchun Toshkent viloyati (Quyi Chirchiq, Zangiota, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlari) va Sirdaryo viloyati (Sirdaryo tumani) hududida 213 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli va 72 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi
https://t.me/minenergy_uz/10009
https://t.me/daryo_kirill/126700
https://t.me/sputnikuzbek/32865
https://t.me/sputnikuzbekistan/40852
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati