Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalar navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 14.12.2023
  • 124

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, 220 kV kuchlanishli «Xorazm» podstansiyasida navbatdagi nazorat ko‘rigi o‘tkazilib, unda elegazli o‘chirgichlarning bosimi va isitish tizimi, shu bilan birga, avtotransformatorlarning moy sath me'yorlari tungi nazorat tekshiruvidan o‘tkazildi.
 

✍️  «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖  Instagram  ‖ Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>