Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida olib borishi rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlari sovuq ob-havo sharoiti tufayli boshqa kunga qoldirildi
  • 12.12.2023
  • 93

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qarori asosida Nishon tumanida yangi qurilayotgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektrstansiyasi hamda «Talimarjon IES» AJning 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida bugun, 12-dekabr kuni 09:00 dan 14:00 gacha bajarilishi rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlari sovuq ob-havo sharoiti tufayli boshqa kunga qoldirildi.

⚡️ Nishon tumani iste'molchilari, shu jumladan, Nuriston qo‘rg‘onchasining ayrim hududlaridagi iste'molchilar diqqatiga! Texnik-muhandislik nomi Nishon-1 va Nishon-2 bo‘lgan 110 kV kuchlanishli  elektr uzatish havo tarmoqlari tarmoqdan uzilmaydi.

Facebook  ‖  Instagram  ‖ Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>