Yangiliklar
“Qashqadaryo MET” filialida yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligiga oid tadbirlar o‘tkazilmoqda
  • 11.12.2023
  • 134

Yurtimizda yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish bo‘yicha yillik anʼana mavjud. Negaki, har yili isitish mavsumi boshlanganida bu masala muhim ahamiyat kasb etib, odatda noyabr-dekabr oylarida qator ushbu yo‘nalishda qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Shu qatorda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallarida ham bu ko‘rik oyligi har yili favqulodda holatlarga qarshi mashg‘ulotlar ko‘rigi shaklida o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda ham 2023-yil 16ғnoyabrda 219-sonli “Yong‘in havfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruq imzolandi va 15 noyabrdan 15 dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi ko‘rigi oyligi” deb eʼlon qilindi.

Buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida,“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida 227-sonli buyruq ishlab chiqilib, Filial tasarrufidagi 500/220/110/10 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasida barcha 220–500 kV kuchlanishli podstatsiyada mehnat faoliyati yuritayotgan ekspluatatsiya xodimlari hamda Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati xodimlari ishtirokida Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi tadbiri o‘tkazildi.

Ko‘rikdan maqsad aniq — Filial obyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarning samaradorligini tekshirish, yong‘in sodir bo‘lganda odamlarni evakuatsiya qilish hamda energetika obyektlari mol-mulkini saqlab qolishni taʼminlash, avariya va qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish.

500/220/110/10 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasi bo‘yicha umumiy maʼlumot:

Umumiy maydoni 27.43 gektardan iborat energetika obyekti — 500/220/110/10 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasi 1977-yilda ishga tushirilgan. Umumiy quvvati 1402 MVA. 2 dona 167 MVA quvvatli transformator, 2 dona 200 MVA quvvatli transformator mavjud.

 Tizim reaktiv quvvat balansini nazorati uchun L-520 (1980-yil) va L-507 (1977-yil) yacheykalarida har birida 3 donadan RODS-60000/500 reaktorlari ishga tushirilgan. Podstansiyaning 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasidan texnik-muhandislik nomi L-520, L-507, L-513 va L-519 bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari, 220 kV tomondan esa L-Nasosnaya, L-KG, L-SHG elektr uzatish tarmoqlari bilan tranzit ulangan. Bundan tashqari, chiquvchi 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi L-Yakkabog‘-1, L-Yakkabog‘-2, L-Garmiston, L-Sho‘rtan-1, L-Sho‘rtan-2, L-Yoyilma, L-Boyqo‘rg‘on, L-Sherali, L-Toshguzar-1 elektr uzatish tarmoqlariga ulangan.

✍️ “Qashqadaryo MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>