Yangiliklar
«9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» doirasida seminar bo‘lib o‘tdi
  • 07.12.2023
  • 149

Bugun, 2023-yil 7-dekabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda  «Korrupsiyaga qarshi kurashamiz» mavzusida targ‘ibot va o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishdi. Soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida korrupsiya keltiradigan zarar barcha jamiyatlar uchun illat ekkani, davlatning turli sohalariga amalga oshirilayotgan islohotlari samaradorligiga, mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investisiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Tadbir so‘nggida manfaatlar toʻqnashuvi, jamiyatning yoki davlatning huquqlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelishini oldini olish mavzusida davra suhbati  oʻtkazildi.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda vujudga keladi.

N.Abdullayeva, Komplayens xizmati boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>