Yangiliklar
Muhtaram Vatandoshlar! Qadrli jamoadoshlar!
  • 07.12.2023
  • 100

Avvalo, siz azizlarni qutlug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Zero ozod Vatanimizning har bir bayrami qalblarimizga quvonch va shukuh bag‘ishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yo‘lida qabul qiladigan qonunlarimiz uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilab qolaman!
                                                                                                                             
D. A. Isaqulov, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

>