Yangiliklar
“Samarqand MET” filiali: “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
  • 07.12.2023
  • 83

 Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 86-sonli bayoniga asosan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” o‘tkazilmoqda.

⚡️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida ham FVB xodimlari ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Filial tarkibidagi podstansiya va maʼmuriy bino-inshootlarda mavjud 40 ta yong‘in qalqonining holati nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

 Bundan tashqari, 500 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiya xodimlari bilan yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, joylardagi ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari maxsus dastur asosida o‘qitilib, ularning bilim-malakasi oshirildi.

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>