Yangiliklar
KONSTITUTSIYA — DAVLATNING АSOSIY QONUNI
  • 06.12.2023
  • 161

 “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida bugun, 2023-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda Madhiyasi qabul qilingan sanalar oldidan ijtimoiy-badiiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Orif To‘xtashev hamda Yunusobod tumani “Husniobod” mahallasi profilaktika inspektori, podpolkovnik  Xayrulla Do‘stov ishtirok etib, Bosh Qomusimizning yaratilish tarixi va unda qamrab olingan jihatlar haqida so‘z yuritishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Konstitutsiya — davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Davra suhbatida, shuningdek, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni haqida batafsil mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>