Yangiliklar
«Namangan MET» filiali: Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligiga oid tadbirlar o‘tkazildi
  • 06.12.2023
  • 89

Havo sovib borgan sari isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Shu davrda tabiiy gaz, elektr energiyasi yoki muqobil yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin surʼatlarda oshadi. Shu sababli barcha korxona va tashkilotlarda, ijtimoiy soha obyektlarida, turarjoy maskanlarida ehtiyot choralariga amal qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Shu bois energetika obyektlaridayam har yili yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» tadbirlari o‘tkaziladi.  

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ning 2023-yil 16-noyabrdagi 219-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilayotgan «Yong‘in Xavfsizligi» oyligi doirasida Favqulotda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari va yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Ko‘rikdan maqsad filial obyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tekshirish, yong‘inlar chog‘ida odamlarni evakuatsiya qilish hamda korxona mol-mulkini saqlab qolishni taʼminlash, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya va qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir.

220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasi bo‘yicha umumiy maʼlumot:

Umumiy maydoni 6,2 gektardan iborat energetika obyekti — 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasi 1969-yilda ishga tushirilgan. 2 dona 200 MVA va 1 dona 125 MVA quvvatli transformator mavjud. 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi tomonidan «To‘raqo‘rg‘on IES» AJ energobloklari hamda 220 kV kuchlanishli «Obi-hayot» podstansiyasi bilan bog‘liq 3 ta tranzit elektr uzatish havo tarmog‘i, 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi tomonidan «HET» AJ Namangan hududiy bo‘limi 16 va Qirg‘iziston Respublikalariga 1 ta elektr energiyasini  yetkazib beruvchi  havo tarmoqlari mavjud. 10 kV tomoni podstansiyaning o‘z ehtiyojlari uchun xizmat qiladi.

 

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>