Yangiliklar
Iste'molchilar diqqatiga! Bugun soat 09:00 dan 17:00 ga qadar rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlari soat 14:01 gacha muvaffaqiyatli bajarilib, optik tolali aloqa kabelini tortish ishlari yakunlandi
  • 06.12.2023
  • 100

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan bugun, 2023-yil 6-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar  rejalashtirilgan — 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Amir-Temur-2 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘iga optik tolali aloqa kabelini (VOLS) tortish ishlarini soat 14:01 da muvaffaqiyatli yakunlandi va bu haqda tegishli tartibda dispetcherlik xizmatlariga ma'lum qilindi.

Ayni paytda taqsimlovchi tarmoqlarda ta'mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda va bu ishlar nihoyasiga yetkazilishi bilan elektr tarmoqlariga kuchlanish berilishi nazarda tutilgan.

⚡️ Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>