Yangiliklar
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi mutaxassislar uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv-seminar darslari davom etmoqda — dba.uz
  • 05.12.2023
  • 106

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 4-7-dekabr kunlari yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin mutaxassislar uchun maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 2023-yilning 5-dekabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi, MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik D.A.Isaqulov yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun "mahorat darsi" o‘tib berdi.

Ma'lumot o‘rnida: mazkur o‘quv-seminarlar energetika sohasidagi kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Unda Energetika vazirligi mas'ullari bilan bir qatorda Oliy sud, Prokuratura hamda Ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida ma'ruzalar tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

https://t.me/dbacademy/5342

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>