Yangiliklar
«Farg‘ona MET» filiali: “Yong‘in xavfsizligi oyligi” yuzasidan mashg‘ulot tadbirlari o‘tkazilmoqda
  • 05.12.2023
  • 99

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2023-yil 22-noyabrdagi KSH-196-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Filial tarkibidagi  500 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston tumani Yong‘in o‘chirish bo‘limi xodimlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirda “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini sovuq ob-havo mavsumida yong‘inga xavfsiz holatda ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalarini faollashtirish, davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>