Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 6-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar ayrim elektr uzatish tarmoqlarida qurilish-montaj ishlari bajariladi
  • 05.12.2023
  • 82

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni ma'lum qiladiki, 2023-yil 6-dekabr kunli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Amir-Temur-2 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘iga optik tolali aloqa kabelini (VOLS) tortish ishlarini bajarish uchun, 500/220/110/10 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Yakkabog‘-1 va L-Yakkabog‘-2 elektr uzatish tarmoqlarida xavfsiz ish bajarish uchun vaqtincha tarmoqdan uziladi.

Qurilish-montaj amaliyotlari bajarilayotganda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Kitob, Shahrisabz tumanlarining ayrim hududlarida belgilangan muddat ichida iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚡️ Iste'molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>