Yangiliklar
“Toshkent MET” filiali: Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligiga oid tadbir o‘tkazildi
  • 04.12.2023
  • 93

Har yili noyabr-dekabr oylari yurtimizda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazib kelinmoqda. Shu sababli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 219-sonli buyrug‘ini ishlab chiqilib, 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilindi.

Buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida, “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida 149-sonli buyruq ishlab chiqilib, 1-dekabr kuni “Toshkent MET” filiali obyekti — 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi tadbiri o‘tkazildi.

Ko‘rikdan maqsad filial obyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tekshirish, yong‘inlar chog‘ida odamlarni evakuatsiya qilish hamda korxona mol-mulkini saqlab qolishni taʼminlash, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya va qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir.

500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasi bo‘yicha umumiy maʼlumot:

 Umumiy maydoni 16 gektardan iborat energetika obyekti — 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasi 1991-yilda ishga tushirilgan. 2 dona 501 MVA quvvatli transformator mavjud. 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi tomonidan “Yangi Angren”, “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” va “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalari” bilan bog‘liq 3 ta tranzit havo tarmog‘i, 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi tomonidan “Chorvoq GES”, “Toshkent IES”, bundan tashqari, “Chirchiq”, “Qo‘yliq”, “Traktorsoz” podstansiyalari bilan bog‘liq 9 ta tranzit elektr uzatish havo tarmoqlari mavjud. 10 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi tomoni podstansiyaning o‘z ehtiyojlari uchun xizmat qiladi.

✍️ “Toshkent MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>