Misrdagi «El-Dabaa» AESning birinchi energoblokida eritmani lokalizatsiya qilish moslamasining korpusini («eritma tuzog‘i») o‘rnatish boshlandi.
Eritmani lokalizatsiya qilish moslamasi 700 tonna og‘irlikdagi passiv xavfsizlik tizimlarining asosiy elementlaridan biridir.
Eritma tuzog‘i"ning o‘rnatilishi loyihani ishlab chiqishdagi yana bir muhim bosqich va atom elektr stansiyasida yadroviy texnologik uskunalarning birinchi bor o‘rnatilishidir. Eslatib o‘tamiz, «El-Dabaa» AES Misrdagi birinchi atom elektr stansiyasi bo‘lib, u har biri 1200 MVt quvvatga ega VVER-1200 III+ avlod reaktorlariga ega 4 ta energoblokdan iborat bo‘ladi.
Manba: https://t.me/clearenergy/2220
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati