O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.
⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 16 nafar qoraqalpog‘istonlik energetiklar va oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
Tadbirlar 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati