Yoshlar siyosati
Yosh mutahassislar ligasi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ularning muammolari va yechimlari
  • 11.10.2023
  • 206

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET»AJ yoshlaridan iborat jamoa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari Energetika Kengashi tomonidan tashkil etilgan «Yosh mutaxassislar liga»sining final bosqichida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi poytaxti — Moskva shahriga yetib borishdi.

Bugun Moskva energetika institutida chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, institut rektori Nikolay Dmitriyevich Rogalev, MDH davlatlari Energetika Kengashi raisi Taras Vyacheslavovich Kipchikov hamda Rossiya Federatsiyasi MDH davlatlari federal agentligi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Valeryevich Polikanov MDH davlatlari Yosh mutaxassislar ligasining xalqaro muhandislik “CASA-IN” chempionatini ochiq deb e’lon qildi.

Mazkur chempionatda yoshlar bugungi kunda energetika sohasida, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalari borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning muammolari va yechimlari borasida o‘z taklif-mulohazalarini ko‘rsatgan holda taqdimotlarini namoyish etishadi.

Shuningdek, mazkur chempionatning final bosqichi 2023-yil 13-oktabr kuni Rossiya energetika haftaligi xalqaro forumining yoshlar kuni doirasida o‘tkaziladi.

Ma'lumot o‘nida, Mazkur chempionatda 8 davlatdan iborat 150 dan ortiq yosh mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>