Yangiliklar
«ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI
  • 22.07.2020
  • 3137

   O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi 412-I-sonli Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-mayda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma'qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020-yil 14-iyul sanasida ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarni O‘RQ-628-son bilan imzoladi, Qonun rasman e'lon qilindi va e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

   E'tiboringizni 8-moddaning birinchi qismi: «energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)» mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilganiga qaratmoqchimiz.

   10-moddaning matni esa quyidagicha tahrir etildi:

   «Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

   - davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;

   - iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish;

   - energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;

   - energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;

   - energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;

   - energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;

   - korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;

   - mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob'ektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;

   - energetika jihatidan samarador bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;

   - energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pag‘batlantirish;

   - energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish»;

 

 

   Xulosa o‘rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda: «energiyadan oqilona foydalanish», «energiyani tejash va energiya jihatidan samaradorlikni oshirish»,  «davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni», «energiya jihatidan samarador», «energiya tejaladigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish»,  «energiya jihatidan tejamkor texnika hamda mahsulot» «qayta tiklanuvchi energiya manbalari» kabi muhim jumlalar uchraydiki, bularning barchasi Qonun energetika sohasining rivoji, iste'molchilarning haq-huquqlari, O‘zbekistonning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish — energiya tejamkorligi va samaradorligi nuqtai nazaridan birmuncha takomillashtirilgan.

 

   Shu bilan birga, Qonunning 111-moddasiga muvofiq energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi  hisoblanadi va uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanishi bilan birga uning ma'lum bir vakolatlari ham belgilab beriladi:

   - energiyadan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan energiyaning ishlatilishini kamaytirish, energiyani tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi va ijtimoiy sohadagi qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

   - davlat organlarida va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga hamda ijtimoiy soha ob'ektlariga energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqadi, shuningdek energiya resurslaridan foydalanishdagi energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

   - iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha ob'ektlarida energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi, investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

   - energiyadan oqilona foydalanish sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solishni amalga oshiradi;

   - tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;

   - binolar va inshootlarning, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;

   - tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga), binolar va inshootlarga, qurilmalarga, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joylarga nisbatan energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi talablarini belgilaydi;

   - energiya samaradorligi past bo‘lgan mahsulotning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini yoki mamlakatimizga import qilinishini cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

   - foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritadi;

   - energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, energiya resurslari iste'molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, shuningdek energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshiradi;

   - ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazadi;

   - energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligi bo‘yicha hududiy dasturlarga doir talablarni ishlab chiqadi;

   - energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga doir ma'lumotlar bazasini shakllantiradi;

   - energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga doir talablarni ishlab chiqadi;

   - energetika auditi sohasidagi mutaxassislarning va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilarning malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etadi.

   - energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

   - binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalardan foydalanishning shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;

   - binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, qurishda issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini, shuningdek konstruksiyalarni qo‘llash hamda muqobil energiya manbalari vositalarini, energiyani tejaydigan lampalarni majburiy o‘rnatish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mustasno;

   - tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshiradi;

   - energetika resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llaydi.

 

 

   Shuningdek, 2-moddaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlanishi lozimligi belgilangan.

 

   Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

   Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   Подробно: http://uzbekistonmet.uz/ru/

 

   Details: http://uzbekistonmet.uz/en/

 

«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>