Bo'sh ish o'rinlari
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI ISHGA TAKLIF ETADI!
  • 14.09.2023
  • 239

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Kapital qurilish va umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga taklif etamiz!

Ushbu lavozimiga oliy texnik ma’lumot, muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha qurilishda texnik va rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega shaxslar o‘rtasida suhbat o‘tkazilib ishga qabul qilinadi. Nomzodlar o‘zbek (davlat) tili va rus tili mukammal bilishi zarur.

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Kapital qurilish va umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga qo‘shimcha talablar:

  

• O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilishi;

• Texnik ekspluatatsiya qoidalari (TEQ) ni bilishi;

• Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari (EQTQ) ni bilishi;

• Qurilish me’yor va qoidalari (QM va Q) ni bilishi;

• Yong‘in xavfsizligi qoidalari (YOXQ) ni bilishi lozim.

 

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Kapital qurilish va umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:

• Kapital qurilish obyektlarini rejalashtirishni va kreditlashni nazorat qilishi;

• Kapital qurilish obyektlarini qurilmalar bilan butlanishini nazorat qilishi;

• Qurilishmontaj ishlari bajarilishini nazorat qilishi;

• Loyiha qurilish hujjatlarini o‘z vaqtida pudratchi qurilish tashkilotlariga yetkazishi;

• Kapital qurilishning yillik va choraklik rejalari tuzilishini tashkillashtirishi;

• Manzilli ro‘yxatlar tuzilishini tashkillashtirishi;

• Kapital qurilish uchun shartnomalar tuzishni tayyorlashni belgilangan muddatlarda tashkillashtirishi;

• Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan muddatlarda bosh pudratchiga yetkazilishini tashkillashtirishi;

• LSXga muvofiq qurilish obyektlari material va qurilmalarining jamlovchi qaydnomasini tuzilishini nazorat qilishi;

• Kapital qurilish obyektlariga montaj uchun berilgan qurilmalarga dalolatnomalar tuzilishini nazorat qilishi;

• O‘rnatilmagan qurilma va tugatilmagan qurilish zahirasining belgilangan meyorlariga amal qilinishini nazorat qilishi;

• Loyihalar sifati va qurilishmontaj ishlarining bajarilish muddatini nazorat qilishi, qurilish obektlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha texnik hujjatlarni tayyorlashda pudratchi tashkilotlarga yordam berishi;

• Foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni topshirish va qabul qilib olish bo‘yicha davlat va ishchi komissiya ishida qatnashishi;

• Komissiyaning loyihalashtirilayotgan trassalar, elektr uzatish liniyalari, nimstansiya maydonchalarini tanlash bo‘yicha ishida qatnashishi;

• Istiqboldagi va joriy qurilish rejalariga kiritilgan qurilish obyektlari uchun yer maydonchalari ajratilishini rasmiylashtirishda qatnashishi;

• Loyiha-qidiruv ishlarining borishi va loyiha institutlari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida berilishini nazorat qilishi;

• Loyiha-smeta hujjatlarini qabul qilishi, tekshirish, hisobga olish va saqlashni tashkillashtirishi;

• O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ qurilish obyektlari bo‘yicha loyiha hujjatlarini olish va ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishi, ular yuzasidan mulohaza va takliflar tayyorlashi lozim.

 

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

 

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz   info@uzbekistonmet.uz

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>