Yangiliklar
uza.uz — Mavsumga tayyorgarlik: 255 ta yuqori kuchlanishli transformator joriy ta’mirdan chiqarildi
  • 14.09.2023
  • 323

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning shu kungi holatida 8 ta kuch transformatori, 38 ta 110–220–500 kVli o‘chirgich, 4 ta kompressor qurilmasi, 830,7 km. uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari mukammal ta’mirlangan.

Shuningdek, 289 ta transformatordan 255 tasi, 1 ming 532 ta o‘chirgichdan 1 ming 423 tasi, 22 ta havo kompressorlarining barchasi hamda 4958,7 km. uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan 4680,3 km. qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 2023/2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joriy yilning 1 oktyabr sanasigacha tugatilishi belgilangan.

Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan.

Zaxira uchun 156 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 35 tonna turli rusumli simlar, 9,8 km. kabel mahsulotlari, 46 dona metall tayanchlar, 26 dona temir-beton tayanchlar, 7000 dona izolyator, 7 dona turli quvvatdagi transformator mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan kichik fotoelektr stansiyalari, ya’ni “O‘zbekiston MJT” AJ energetika ob’ektlari va ma’muriy binolari tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqargan "yashil energiya" manbasi quvvati tashkilot ichki ehtiyojini ta’minlash bilan birga, tuman elektr ta’minot korxonalari tarmog‘iga ham uzatmoqda.

N.Ziyodullayeva,
O‘zA

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>