Yangiliklar
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: AHOLI VA IQTISODIYOT TARMOQLARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASHNING ISHONCHLILIGINI OSHIRISH — ASOSIY VAZIFAMIZ
  • 09.07.2020
  • 1110

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida joriy va mavsumiy ta'mirlash ishlari haqida qisqacha ma'lumot:

 

 

  «Navoiy MET» filiali Navoiy viloyatida yashovchi aholi, faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari, umuman olganda, xalq xo‘jaligining barcha sohalari hamda iste'molchilarini uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, filial tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya va havo liniyalari orqali Samarqand viloyatining bir qismini, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlari aholisi ham elektr ta'minoti umumtizimiga ulangan.

 

 

  Filial 5 ta markaziy ishlab chiqarish xizmatlari hamda 4 ta xizmat ko‘rsatish guruhlaridan tashkil topgan bo‘lib, umumiy uzunligi 385 km bo‘lgan 1 ta 110 kVli va 13 ta 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari, shu bilan birga umumiy quvvati 967000 kilovatt amper bo‘lgan 4 ta 220 kilovoltli podstansiyalarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.

  Korxonada mehnat faoliyati yuritayotgan 140 nafar ishchi-xodimlardan iborat jamoa o‘zlarining rahbariy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarib kelmoqdalar.

 

 

  Ayni aytda «Navoiy MET» filiali 220/110/10 kVli «Ximiya» podstansiyasida AT-3 transformatorini ishga tushirish maqsadida «Turon qurilish-montaj» tashkiloti 5-sonli boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kabel kanallari lotoklarini yotqizish ishlari qizg‘in ravishda olib borilmoqda.

  Shu bilan birga, V-Binokor-110, V-Sardoba-110, Qiziltepa-2da VT-1 220 kV LTB-245, VT-2-220 LTB-245, Qiziltepa-1da VT-1-220 kV LTB-245, VT-2-220kV o‘chirgichlari LTB-245 tipdagi zamonaviy elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi. Ayni paytda 220/110/10 kVli «Navoiy» podstansiyasida V-Zarbdor-110kVda LTB-145 tipdagi elegazli o‘chirgichlar o‘rnatilmoqda.

 

 

  Agar olib borilayotgan ishlarga batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, «Navoiy MET» filialida rejaga muvofiq quyidagi joriy va mukammal ta'mirlash ishlari bajarildi:

  • • L-X-N 220 kVda ma'nan eskirgan, PF turdagi izolyatorlar yangi zamonaviy LK-70-120 tipdagi izolyatorlarga almashtirildi;
  • • 220/110/10 kVli «Ximiya» podstansiyasida AT-1 da 5–6-guruh moy nasoslarini almashtirish ishlari bajarildi;
  • • «Ximiya» podstansiyasida V-Karer-110 kV, V-BSI-110 kV, V-5-110 kV va V-O‘zbekiston-110 kVlarda joriy tamirlash ishlari olib borildi;
  • • L-Qizilteppa havo tarmog‘idagi tayanch ustunlarining yerga ulagich qarshiligi tekshirildi:
  • • L-Buxoro elektr tarmog‘idagi tayanch ustunlarining yerga ulagich qarshiligi tekshirildi;
  • • L-Qizilteppa liniyasining 1-2-ulanma (otpayka) liniyalari tayanchlarining yerga ulagich qarshiligi tekshirildi.

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, yuqorida bajarilayotgan ishlar Vatanimiz ravnaqi yo‘lida, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda elektr energiyasi bilan ta'minlash orqali davlatimiz tomonidan olib borilayotgan  elektr energiya ta’minotining ishonchliligini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>