Yangiliklar
«Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filialida joriy va mavsumiy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 07.07.2020
  • 689

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filialida ham 2020–2021 yil kuz-qish mavsumi oldidan mukammal va joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

   Jumladan, bir necha kilometr masofaga yoyilgan yuqori kuchlanishli havo liniyalarida dastlab ko‘rikdan o‘tkazish, so‘ng aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda L-17B-1 havo liniyasida izolyatorlarni almashtirish va joriy ta'mir ishlari bajarilmoqda.

   Shuningdek, «Buxoro MET» filialiga qarashli 220 kVli «Quyi-Mozor» hamda «Buxoro» podstansiyalarida mukammal va joriy ta'mir ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, 220 kVli «Quyi-Mozor» podstansiyasida 110 kVli moyli o‘chirgich yangi elegaz o‘chirgichiga almashtirildi. 220 kVli «Buxoro» podstansiyasida esa «4-sonli montaj boshqarmasi» brigada a'zolari tomonidan podstansiya atrofini yangi to‘siq bilan o‘rash ishlari bajarilmoqda.

   Bir so‘z bilan aytganda, buxorolik mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ish jarayonida olingan suratlarda aks etgan bo‘lib, bajarilayotgan ishlarning zamirida aholi, ijtimoiy soha obyektlari, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini orttirishga xizmat qilishdek maqsad mujassam.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>