OAV va jamoatchilik bilan ishlash
qalampir.uz — Farg‘onada 18 mlrdlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
  • 16.07.2023
  • 134

Farg‘ona viloyatida 6 oy davomida 18 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 oyi davomida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 3 549 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar uchun 18 mlrd 570 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.

Shundan, aholi iste’molchilari tomonidan 2 326 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 5 mlrd 701,3 mln so‘m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 1 223 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 12 mlrd 869 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari olib borilgan.

Eng ko‘p noqonuniy holatlar Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Beshariq, Buvayda, Bog‘dod hamda Uchko‘prik tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Manba: https://qalampir.uz/uz/news/fargonada-18-mlrdlik-elektr-energiyasi-talon-tarozh-k-ilindi-86171

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>