OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Sharof Rashidov tumanida fermer xoʻjaligi elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlandi
  • 17.08.2023
  • 144

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Sharof Rashidov tumani, “Yangi diyor” MFYda joylashgan “M. S.” fermer xoʻjaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu fermer xoʻjaligi elektr qurilmalarini elektr hisoblagichsiz tarmoqqa ulab, 223 ming kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi va buning natijasida taʼminot korxonasiga 100,4 mln soʻm miqdorida zarar keltirganligi maʼlum boʻldi.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8751

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>