2023-yil 18-iyul kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ markaziy apparati binosida Qozog‘iston elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi “KEGOC” AJ boshqaruv raisi K.T.Moldabaev hamda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisi D.A. Isaqulovlarning ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “KEGOC” AJ tomonidan Qozog‘iston Respublikasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda joriy yil 1-iyuldan boshlab elektr energiyasi Yagona haridori va elektr energiyasini balanslantiruvchi bozor modelining ishga tushirilganligi va uning ishlash prinsiplari to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi.
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati