Yangiliklar
«State Grid China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd» (XXR) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 16.06.2023
  • 445

2023-yil 16-iyun kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati binosida Global biznes bo‘limi bosh direktori boshchiligidagi «State Grid China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd» (Xitoy) kompaniyasi vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar joriy yilning 18–19 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Syan shahrida bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan «Yo‘l xaritasi» ga oid hamkorlik bosqichlarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar hamda energetika loyihalarini Xitoy tomonidan moliyalashtirishning turli variantlari ko‘rib chiqildi.

«O‘zbekiston MET» AJ va «State Grid China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd» kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining energetika sohasidagi istiqboldagi maqsadlariga erishish, bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Tomonlar kelgusida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Xitoy kompaniyasia O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘i rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>