Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! 2023-yil 6–8-iyun kunlari soat 04:00 dan 11:00 gacha Shirin shahri va Boyovut tumanining ayrim mahallalari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi
  • 05.06.2023
  • 275

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4799-sonli hamda 2022-yil 30-dekabrdagi 464-sonli qarorlariga asosan davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida quvvati 1500 MVt bo‘lgan “ACWA Power Sirdarya” MCHJ tomonidan yangi issiqlik stansiyasining qurilish ishlari yakunlanishi arafasida.

Joriy yilning iyul oyida elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvati 500 MVt bo‘lgan birinchi energiya blokini ishga tushirilishi sababli, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qurib bitkazilgan 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi “L–550” bo‘lgan elektr tarmog‘ini yangi elektr stansiyasining 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasiga (OTQ 500 kV) ulash ishlari olib borilishi lozim. Yaʼni, yangi issiqlik elektr stansiyasining birinchi energiya blokida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini elektr energetika umutarmog‘iga ulash uchun ayrim texnik muhandislik amaliyotlarini bajarish taqozo etiladi.  

Shu sababli, 2023-yil 6-, 7-, 8-iyun kunlari soat tongi 04:00 dan kunduzgi 11:00 gacha Shirin shahridagi barcha elektr energiyasi istemolchilari, bundan tashqari, Boyovut tumaniga hududida joylashgan  T.Latipov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inining ayrim qismi (6, 10, 35, 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 110/35/6 kV kuchlanishli “Nurchi” podstansiyadan chiquvchi 35 kVli L-Shirin–1 va L-Shirin–2 havo tarmoqlari) elektr energiyasi iste'molchilari vaqtincha tarmoqdan ajratilib, yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yuqorida keltirilgan vaqt oralig‘ida texnik-muhandislik amaliyotlari bajarilishi haqida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan rasmiy xat bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Sirdaryo filiali, bundan tashqari, Shirin shahar hokimligi, “Sirdaryo IES” AJ hamda boshqa tegishli tashkilotlarga axborot berilgan hamda isteʼmolchilarni ogohlantirish so‘ralgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Maʼlumot o‘rnida: Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi nafaqat Sirdaryo viloyati, balki mamlakatimizning barcha hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi tanqisligiga barham berish uchun xizmat qiladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>