Yangiliklar
«SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: JORIY VA MAVSUMIY TA'MIR, QO‘SHMA KORXONA ZAVODI TA'MINOTI, ELEKTR QURILMALARINING MUSTAHKAM VA ISHONCHLI ISHLASHI
  • 18.06.2020
  • 1336

   Filialning asosiy vazifalari

   O‘zbekiston Respublikasining «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PK-4249-sonli qarori, «O‘zbekiston MET» AJ Ustavi asosida «O‘zbekiston MET» AJga qarashli «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tashkil etildi. Korxona ana shu maqomga ega bo‘lgandan keyin viloyatdagi elektr energiyasi iste'molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash mas'uliyati yanada oshdi.

   Salkam 100 kishidan iborat jamoa o‘zlarining Nizomlarida, rahbariy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan vazifalarni mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablari darajasiga yetkazishni o‘zlarining oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

   «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibida 2 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalr mavjud bo‘lib, «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi» va «Toshkent magistral elektr tarmoqlari»dan elektr energiyasini qabul qilib oladi hamda «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ orqali iste'molchilarga yetkazib beradi.

 

   Bir qarashda oddiy, ammo o‘ziga yarasha mashaqqatli bo‘lgan vazifalarni bajarishda o‘z ishini puxta biladigan, energetika tizimida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning fidokorona mehnatlari yotadi. Bugungi kunda korxonada 30 dan ortiq oliy ma'lumotli energetika muhandislari, 40 ga yaqin o‘rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Podstansiyalardagi muammolar va ularning yechimlari

   Filialning «Go‘zal», «Feruz» podstansiyalari tashkil etilganligiga qariyb 50 yil to‘lmoqda. Bu davrda podstansiyalarga o‘rnatilgan qurilmalar ancha eskirib, foydalanish muddati, ya'ni o‘zlarining vazifalarini to‘la-to‘kis amalga oshirish imkoniyatiga ega emasligi, binolarning bugungi kun talablariga javob bermasligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati bizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, joriy va mukammal ta'mirlash uchun barcha ehtiyot qismlar bilan o‘z vaqtida ta'minlab, zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

   Mamlakatimizda koronovirusga qarshi karantin davrida uning qoidalariga qat'iy amal qilgan holda zimmamizga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaslik choralari ko‘rilmoqda. Joriy yil uchun rejalashtirilgan mukammal va joriy ta'mirlar o‘z vaqtida bajarilishiga erishilmoqda. Podstansiyalardagi universal qurilish tayanchlari (USO) yillar davomida Sirdaryo viloyati yer sharoitlari sho‘rxok bo‘lganligi tufayli yemirilib, 500 tasi yaroqsiz holga kelib qolgan. Hozirda jamoamiz ana shu tayanchlarning yemirilgan qismlarini yangidan, karkasli beton usulida ta'mirladi.

   Shuningdek, «Go‘zal» podstansiyasining «L-Paxtakor» moyli o‘chirgichi mukammal ta'mirlandi. Podstansiyaning ma'muriy binosi — Tezkor boshqaruv pulti binosi yaroqsiz holga kelib, yomg‘irli-qorli kunlarda suv o‘tib, qurilmalarga jiddiy shikast yetkazayotgan edi. Bu masalaning ham yechimi topilib, eski yopilgan tom to‘liq ko‘chirilib, zamonaviy profilli tunika bilan yopildi. Podstansiya xududidagi binolarning 1800 kv.metr qismini yopishga erishildi.

 

   «Feruz» podstansiyasida 20 yildan ortiqroq xizmat qilgan kuchlanish qo‘shuvchi 10 kVli transformator (VDT) navbatdan tashqari ta'mirlanib, ishga tushirildi. Mazkur ta'mirlash ishidan keyin iste'molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish ta'minlandi.

«Wangda Da Rolling Steel» zavodi loyihasi

   2019-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tashkil etilayotgan temir konstruksiyalar ishlab chiqarish va temir mahsulotlariga ishlov berishga ixtisoslashgan «Wangda Da Rolling Steel» MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli zavodni elektr energiyasi bilan ta'minlash vazifasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ zimmasiga yuklatilgan. Zavodni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun «O‘zbekiston MET» AJ 220/35/6 kVli podstansiya barpo etib, 220 kVli ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU) qurilishini amalga oshirmoqda. Bugunda podstansiya qurilishi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

 
·     Podstansiyaning Tezkor boshqaruv pulti (ОПУ) binosining tom qismiga temir ferma konstruksiyalar o‘rnatildi hamda yopish holatigacha ko‘tarilib, suvoq ishlari yakuniga yetkazildi;
  • 1 dona 40 MVA transformator, 8 dona 220 kVli ajratgichlar, 220 kVli 2 dona elegazli o‘chirgichlar;
  • 31 metr qurilmalarni o‘zaro bog‘lovchi sim arqonlar (ощиновка);
  • 2 komplekt ortiqcha yuklamani chegaralovchi, kontur yerlagichlar (заземление);
  • 2 komplekt kuchlanish transformatori (T/Н),
  • 2 komplekt 220 kVli aloqa kondensatori,
  • 4 dona yuqori chastotali to‘sqichlar (ВЧ заградитель);
  • Ikkinchi 40 MVA transformator o‘rnatish uchun fundamentlar o‘rnatildi. 

 

   Mazkur transformator bugungi kunda «Energota'mir» AJ korxonasida ta'mirdan chiqish arafasida.

   Bundan tashqari, 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasining o‘zaro bog‘lovchi sim arqonlar uchun portal konstruksiyalar va fundamentlar yetkazib kelindi va belgilangan joylarga o‘rnatilmoqda.

Foydalanish muddati uzaytirilib, estetik qiyofasi yangilanadi

   Havo tarmoqlarining temir tayanchlari ish faoliyatini uzaytirish, yemirilishlarning oldini olish maqsadida joriy oyda bajarish rejalashtirilgan bo‘yash ishlari «Havo tarmoqlari» xizmati xodimlari tomonidan yakunlash arafasida turibdi. Bundan tashqari, 500 kVli «L-510» havo tarmog‘ida mukammal ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

   220-500 kVli elektr tarmoqlarning bo‘yalishi lozim bo‘lgan jami 94 dona temir tayanchlaridan 220 kVli «L-20-G-1», «L-20-G-2», havo tarmog‘ining 18 dona temir tayanchlarining quyi qismlari, «L-20-D» havo tarmog‘ining 12 dona temir tayanchlari to‘liq, «L-20-Zarbdor» havo tarmog‘ining 17 dona temir tayanchlari to‘liq hamda 500 kVli L- 510 havo tarmog‘ining jami 9 dona temir tayanchlari to‘liq, L-521 havo tarmog‘ining 7 dona tayanchlarida ruxsat etilgan masofagacha bo‘lgan qismlarda bo‘yoq ishlari amalga oshirildi va bo‘yash ishlari davom etmoqda.

   Yuqorida qayd etilgan temir tayanchlar o‘rnatilgan qariyb 6 gektar yer maydoni yovvoyi dov-daraxtlar va begona o‘tlardan tozalanib, tekislandi.

   Bir so‘z bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo tarmoqlarining tayanch ustunlaridan foydalanish muddati uzaytirilib, elektr tarmoqlarining shahar va qishloqlarimiz fonidagi estetik qiyofasi yangilandi.

 

   

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning 2020-yil 28-may sanasidagi XB-103-sonli ko‘rsatmasi — Yoz mavsumida elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash bo‘yicha topshirig‘i «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>