Murojaat egasi: Isomiddinov Sobit Turg‘unovich, «GREEN APPLE‘S» MChJ, Toshkent shahri.
Elektron pochta: purelife_uz@inbox.ru
Murojaat mazmuni: «2023-yil 14-martda 129979.1.1-sonli shartnoma birja orqali imzolangan bo‘lib, 2023-yil 7-aprelda 21-sonli hisob-faktura imzolangan. Hozirgi kunga qadar hech qanday mablag‘ to‘lanmangan. Shartnoma biz tomondan texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingan. Hozirgi kunga kelib — 2023-yil 11-may holatiga hisob-fakturaga tuzatuvchi qilib 0 hisob-faktura yuborganmiz. Sizlardan 2023-yil 11-mayda yuborilgan tuzatuvchi hisob-fakturani qabul qilishingizni so‘rayman.»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sobit Turg‘unovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etilib (A-56-sonli qaydnoma, “Murojaatlar” bo‘limi), masʼul boshqarma va bo‘lim mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va murojaatingizga javob sifatida rasmiy xat ko‘rinishida javob berildi.
Javob xati mazmuni quyidagi elektron fayl tarkibida:
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati