“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Anhor” bog‘ida “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Har bir bolaga va har bir oilaga mehr-e’tibor!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida ishchi xodimlarning farzandlari o‘rtasida turli o‘yinlar, musobaqalar, sahna ko‘rinishlari kabi bir qator quvnoq chiqishlar namoyish etildi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/8019
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati