"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va ushbu tizim vakillari ishtirok etgan mazkur yalpi majlisda mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning istiqboldagi rejjalari atroflicha muhokama etildi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ishtirokida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida birinchi vodorodli o‘g‘it loyihasi doirasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur hujjat shamol generatorlaridan olingan energiya quvvati evaziga suv kimyoviy sintez yo‘li bilan vodorod va kislorod atomlariga ajratilib, ajratib olingan vodorod istiqbolda, ya’ni kerak paytda energiya hosil qilish uchun yonilg‘i sifatida ishlatilishi ko‘zda tutilgan ilk loyihalardan biri hisoblanadi.
N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA
Manba: https://uza.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati