O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 28–30-aprel kunlari Urganch va Xiva shaharlariga sayohat uyushtirdi.
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 47 nafar surxondaryolik energetiklar va oila a’zolarining sayohat tadbiri Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati