Yangiliklar
Jahon bankining energetika bo‘yicha mutaxassislari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 25.04.2023
  • 423

Bugun, 2023-yil 25-aprel kuni, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Jahon bankining energetika bo‘yicha mutaxassislari Kodji Nishida hamda Irina Voytexovich rahbarligidagi energetika bo‘yicha navbatdagi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etildi:

♦ Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish;

♦ Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;

♦ Elektr tarmoqlarni rivojlantirishning 10 yillik rejasining asosiy xulosalari;

♦  “O‘zbekiston MET” AJni yangi loyihalarini moliyalashtirish.

Shuningdek, yig‘ilish davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini respublikamizda jadal surʼatlarda rivojlantirish bilan bir qatorda mazkur yo‘nalishda xorijiy mamlakatlar tajribalarini chuqurroq o‘rganish va kadrlarni o‘qitish masalasi dolzarb ekanligi alohida qayd etildi.

O‘z navbatida, Missiya vakillari tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalish va ularni tarmoqqa integratsiya qilishni to‘g‘ri va puxta o‘ylagan holda amalga oshirish bo‘yicha qator tashabbuslarini yuqori baholanishi, shuningdek, bu yo‘nalishdagi ishlar Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi alohida taʼkidlandi.

Jahon bankining energetika bo‘yicha mutaxassislari — Missiyaning energetika sohasi vakillari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

 

✍️ Investitsiyalar bosh boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>