Yangiliklar
«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: MUKAMMAL VA JORIY TA'MIRLASH ISHLARI BO‘YICHA HISOBOT
  • 11.06.2020
  • 931

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat rahbariyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.

   Jumladan,

   2020-yil 26–29-may kunlari davomida 220/110/10 kV «Beruniy» podstansiyasida V-AT-1-110 kV yacheykasidagi «VMT-110» rusumli va 02-05-iyun kunlari oralig‘ida V-L-Sanoat-2-110 kV yacheykasidagi «VMT-110 kV» rusumli moyli o‘chirgichlari mukammal ta'mirlandi.

   Elektr jihoz va uskunalarini mukammal ta'mirlash chora-tadbirlarida ko‘rsatilgan barcha vazifalar to‘liq bajarildi: yoritgich mexanizmlari, kontakt sistemalari, boshqarish sxemalari ko‘zdan kechirildi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi, o‘chirgich va tok transformatorining moylari yangilandi. Ayrim elektr jihozlarining sirtki qavatidagi moyli va loyli qoplamalar texnik soda bilan yuvib tozalandi, dispetcherlik nomlari va elektr qurilmalardagi markirovka bo‘yoqlari yangilandi.

   Mukammal ta'mir ishlaridan keyin o‘chirgichlar, tok transformatorlari sinovlardan o‘tkazilib, qurilmalar belgilangan tartibda tizimga ulandi.

   Bundan tashqari, joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha rejaga asosan 220 kV li «Beruniy» podstansiyasda «Sharqiy-2-110» nomli havo liniyasining «LTB-110» rusumli elegazli o‘chirgichi, «To‘rtko‘l-2-110» elektr tarmog‘ining «OV-110» rusumli yacheykalaridagi moyli o‘chirgichlari, tok transformatorlari va ajratgichlari joriy ta'mirlandi. Shuningdek, dispetcherlik nomlari va elektr qurilmalaridagi markirovka bo‘yoqlari yangilandi.

   Ayni kunlarda rele himoyasi qurilmalarida belgilangan rejaga asosan profilaktik tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

   Bajarilgan ishlar davomida ishchi-xodimlar tarafidan xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilindi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>