Yangiliklar
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: HAVO TARMOQLARINING MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
  • 10.06.2020
  • 1289

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat ma'muriyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

  Jumladan,

  Filialda mavjud 220 kV kuchlanishli «L-M-KB» havo liniyasida joriy yil iyun oyining birinchi dekadasi davomida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi. Aniqrog‘i, 198-raqamli tayanch ustunidan 267-raqamli tayanch ustungacha, umumiy uzunligi 17 kilometrga teng havo tarmog‘idagi jami 69 ta tayanch ustunlarni mukammal ta'mirlandi. «Qarshi» havo liniyasi katta usta P.Hamidov boshchiligidagi brigada ishlamoqda.

  Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mazkur havo liniyasi 1966-yildan buyon foydalaniladigan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i bo‘lib, uning umumiy uzunligi 33 kilometrni tashkil etadi. Liniyada eng so‘nggi mukammal ta'mirlash ishlari 2010-yilda bajarilgan. Ushbu liniya «Qorovulbozor» va «Muborak» podstansiyalari oralig‘ida joylashgan.

  Shuningdek, filial mutaxassis-xodimlari tomonidan 500 kV kuchlanishli «L-519» havo liniyasida ham mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur havo tarmog‘ining 1÷48-raqamli tayanch ustunlari 1977-yilda, 48÷292-raqamli tayanch ustunlari esa 2009-yilda foydalanishga topshirilgan.

«L-519» havo liniyasining umumiy uzunligi 95,48 kilometrni tashkil etib, oxirgi mukammal ta'mirlash ishlari 2019-yilda — 1÷100-raqamli ustunlar oralig‘ida, jami 32 kilometr uzunlikda bajarilgan. Ushbu havo tarmog‘i «G‘uzor» podstansiyasidan (1÷292-raqamli tayanch ustunlari oralig‘ida) davom etib, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xizmat ko‘rsatadigan havo tarmog‘iga ulanib ketgan.

  2020-yil mukammal ta'mirlash uchastkasi 100- va 175-raqamli ustunlar oralig‘ida amalga oshiriladi. Ta'mirlanadigan tarmoqning  uzunligi 32 km, ya'ni 75 ta yuqori kuchlanishli havo liniyasining tayanch ustunlaridan iborat. Ayni paytda «G‘uzor» havo liniyasida usta A.Normamatov boshchiligidagi mutaxassislar mehnat qilishmoqda.

  «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali nafaqat «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatmalari, balki Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital kurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha kotibiyatining 2020-yil 1-iyundagi 2614-06/1033-sonli xati talablariga muvofiq ham bir qator amaliyotlarni bajarib kelmoqda. Misol uchun, «Qashqadaryo MET» filialining havo liniyasi xizmati mutaxassislari tomonidan bir nechta yuqori kuchlanishli havo liniyalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etildi. Metall konstruksiyali bir nechta tayanch ustunlariga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortilib, ustunlar fundamentiga beton qoplamalari quyilib mustahkamligi ta'minlandi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>