OAV va jamoatchilik bilan ishlash
2020-YIL — ILM, MA'RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YILI
  • 05.06.2020
  • 1442

  Bugungi kunda taraqqiyot ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.  XXI asrda internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”, “elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Ushbu atama ilk bor 1995-yilda Massachusets universiteti olimi Nikolas Negroponte tomonidan tilga olingan.

  Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi bo‘lib, bunga onlayn xizmatlar, masofaviy ta'lim, elektron to‘lovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol bo‘la oladi.

  Energetikada ham “raqamli iqtisodiyot” dasturlaridan foydalanilmoqda. Bunga «SIRG‘ALI» podstansiyasidagi zamonaviy uskunalarni misol qilib keltirish mumkin. 

uzbekistonmet.uz/oz/

 

© «O‘zbekiston–24» telekanali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>