Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahri.
Elektron pochta: normurodvfaxriddin029@g.mail
Murojaat mazmuni: Men Normurodov Faxriddin Xolmanovich, maʼlumotim — oliy, mutaxassisligim — muhandis-iqtisodchi, energetika sohasida 18 yil ish stajiga egaman. Ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘limiga ishga o‘tish uchun suhbatga qatnashmoqchiman...
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Faxriddin Xolmanovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.
Murojaatingizga javob o‘rnida sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy sahifalari orqali Siz bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan lavozim bo‘yicha suhbat qachon o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni kuzatib boring va suhbatga eʼlon qilingan vaqtda yetib keling. Agar topshirgan hujjatlaringiz to‘liq bo‘lsa va ko‘rsatkichlaringiz mazkur ish lavozimi bo‘yicha belgilangan (eʼlon qilingan) talablarga muvofiq kelsangiz, suhbatda ishtirok etasiz. Agar suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, Komissiya bo‘sh ishni mavjud boshqarma yoki bo‘limga Sizning nomzodingizni ko‘rsatadi va rahbariyatga tegishli tartibda tavsiya beriladi. Shundan so‘ng ishga qabul qilinishingiz mumkin.
Maʼlumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz.
Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.
Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
Maʼlum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda. Eʼtiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!
⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
Batafsil maʼlumotlar quyidagi eʼlon tarkibida yozilgan:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati