Yangiliklar
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: PODSTANSIYALARDA QO‘SHIMCHA QUVVAT VA YOZGI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI
  • 04.06.2020
  • 1057

     Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Tovush MFY  hududida joylashgan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «O‘zgarish» podstansiyasida «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 250000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorini 220 kV, 110 kV hamda 10 kV kuchlanishli yacheykalarini yangidan qurishi hisobiga qo‘shimcha AT-3 o‘rnatish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

     Shuningdek, filiali tasaruffidagi podstansiyalarda yozgi mavsum davrida elektr qurilmalarni ishonchli ishlashi hamda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nosozliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, filial tarkibidagi podstansiyalarda o‘rnatilgan avtotransformatorlarning sovitish tizimlari va moy haydash nasoslari ko‘rikdan o‘tkazildi hamda dvigatellar himoya izolyasiyasi sinov tekshiruvidan o‘tkazildi. «Farg‘ona» podstansiyasida ikki dona sovitish tizimi elektrodvigatellari ta'mirlandi. Avtotransformatorlarning sovitish radiatorlari yuvilib tozalandi. Podstansiyalarda o‘rnatilgan moy to‘ldirilgan elektr qurilmalarda moy sathi me'yor darajasiga keltirildi. Elektr qurilmalardagi mavjud kontakt birikmalar pireometr vositasida tekshirilib, nosozliklar bartaraf etildi.

     «Sokin» podstansiyasida yangi ishga qo‘yilgan 200 MVA quvvatli avtotransformator uchun statsionar yong‘in o‘chirish tizimi ishga tushirildi va «Farg‘ona», «O‘zgarish», «O‘zbekiston» hamda «Sokin» podstansiyalaridagi mavjud statsionar yong‘in o‘chirish tizimlarining ish holatlari tekshirildi. Podstansiyalarni suv ta'minotini barqarorlashtirish maqsadida tik suv quduqlari nasoslari ta'mirlanib, mavsumga shay holatga keltirildi. Podstansiyalardagi avtotransformatorlarning sovitish tizimlari uchun 4 dona elektr dvigatellar zaxirasi yaratildi. Filial tasaruffidagi barcha podstansiyalarda mavjud oraliq himoya zonalari maydonlarni qurigan o‘t-o‘lanlar va begona jismlardan tozalash ishlari yakunlandi.

     Podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan yilning issiq ob-havo mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda kunduzgi va tungi navbatchilikda samarali ish faoliyatini tashkil etish mavzularida yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

     Filial xodimlarining harakatlarining zamirida sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish hamda Prezidentimizning 2017-yil 16-sentabr sanasida tasdiqlagan PQ-3284-sonli qarori ijrosini ta'minlash qaratilgan asosiy maqsadlar shakllangan. 

     «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning 2020-yil 28-may sanasidagi XB-103-sonli ko‘rsatmasi — Yoz mavsumida elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta'minlash bo‘yicha topshirig‘i «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarda amalga oshirilib kelinmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>