OAV va jamoatchilik bilan ishlash
15 MAY — XALQARO OILA KUNI: HUQUQIY ASOS VA MAVJUD MUAMMOLAR
  • 15.05.2020
  • 3420

  Xabaringiz bor, 2018-yil 27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilgan edi. Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishdagi  asosiy vazifalar belgilab olingan.

Jumladan,

  O‘zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi.

  Shu bilan birga, ushbu sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli olib borishni to‘xtatib turuvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga va belgilangan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.

  Chunonchi:

  • • birinchidan, tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning ta'sirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;
  • • ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqyeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;
  • • uchinchidan, oilaning demografik rivojlanishida o‘zgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni o‘smoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti;
  • • to‘rtinchidan, oilada, ta'lim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar ta'sirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;
  • • beshinchidan, oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;
  • • oltinchidan, mutaxassislar yetishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, ta'lim tizimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari mukammal emas.

  Oila institutini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5325-son Farmoni e’lon qilingan.

  Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, umumjamiyatimiz asosi hisoblanmish oilalar baxti va unga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ayrim omillar, aniqrog‘i muammoning psixologik tomoni obdon tadqiq va tahlil qilinishga muhtoj.

  Xalqaro oila kuni butun dunyoda bo‘lgani kabi  mamlakatimizda ham har yili 15-may kuni nishonlanadi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati ushbu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi va barchangizga oilaviy baxt-saodat tilaydi!

  Qo‘shimcha ma'lumot o‘rnida umumjamiyatimiz asosi hisoblanmish oilalar baxti va unga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ayrim omillar haqida ta'sirchan filmni e'tiboringizga havola etamiz:

© Ssenariy muallifi va rejissor Aleksandr Bubnov, 2018

© Ukrainian State Film Agency, 2018

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>