Xabaringiz bor, yozgi vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti mavjud bo‘lib, bu mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.
2020-yil 2-may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlanish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yil may-sentabr oylari uchun shartnoma imzolandi.
Import amaliyoti hozirda ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli tarmoqlar orqali, elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan yoz oylarida esa 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish masalalari nazarda tutilgan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati