Yangiliklar
TEZKOR MA'LUMOT: «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TOMONIDAN BUXORO VILOYATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA QISQACHA HISOBOT
  • 30.04.2020
  • 888

  Ayni paytda tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud — Buxoro viloyatida «O‘zbekiston MET» AJga qarashli havo tarmoqlarini tiklash, ya'ni zarar yetgan tayanch ustunlarini ta'mirlash hamda yangilash ishlari bilan bir nechta brigadalar tonggi soat 6:00 dan tungi 00:00, ya'ni yarim tunga qadar ish faoliyati olib borishmoqda.

 

  Misol uchun, viloyatning Qorako‘l tumani, Tayqir MFY hududidagi cho‘l zonasida 70 nafardan ortiq mutaxassis-xodimlar «Hamza-2» liniyasining tayanch ustunlarini tiklash bilan shug‘ullanishmoqda.

  Tayqir qishlog‘ida ish olib borayotgan energetiklar tasarrufida 4 ta avtokran, 1 ta buldozer, 2 ta ekskavator, 3 ta tayanch ustuni tashish yuk avtomobillari hamda 5 ta maxsus ustaxonali yuk mashinalari mavjud. Ular yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ining 8 ta tayanch ustunlarini tiklamoqdalar.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>