Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr korxonasi aybdormi yoki bozor ma'muriyati — muammoga yechim bormi?!»
  • 23.12.2022
  • 418

Murojaat egasi: Ravshanbek, Xorazm viloyati

Elektron pochta: yashulli@mail.ru

Murojaat mazmuni: Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Hazorasp universal savdo kompleksida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Do‘konda elektr ta’minoti tez-tez va juda ko‘p muddatga o‘chmoqda. Kuniga jami 30–40 daqiqaga “svet” berishyapti. 5 minut yonadi, 2 soat o‘chadi. Tadbirkorlik faoliyatimizga juda katta zarar beryapti.

Yil davomida ham muammo takrorlanib keldi. Juda ko‘p murojaat qilsak ham murojaatimiz ko‘rib chiqilmaydi. Savdo terminallarimiz, kassa aparatlarimiz, komputerlarimiz elektrsiz ishlamay, kunlik savdo amaliyotini qilib bilmayapmiz. Kutilayotgan daromadimiz pasayib, davlat budjetiga ijtimoiy soliqlarni, qo‘shimcha qiymat soliqlarni to‘lashda qiyinchiliklarga uchrayapmiz. Daromadlarimiz pasayib ketdi. Bunga asosiy sabab Hazorasp universal savdo kompleksi bizni elektr bilan ta’minlashda amaliy yordam bermayapti.

Bozor hududida noqonuniy ulanishlar ko‘p. Bu haqda ariza bilan, fotosuratlar bilan bozor ma’muriyatiga, Hazorasp elektr korxonasiga, telegramdagi @HET_adminga juda ko‘p murojaat qildik. Hazorasp elektr korxonasi rahbari Zafarbek vaziyatni bilaturib, “...Bu muammolar Hazorasp elektr korxonasi muammosi emas, men faqat elektrni beraman, u yog‘i bilan ishim yo‘q”, deyapdi. “Axir davlat resurslari o‘g‘irlanyapti, oqibati mana yomon bo‘lyapti”, desam qo‘pol munosabat qilib telefonni qo‘yib qo‘ymoqda. Bozor ma’muriyatiga chiqsak, elektr korxonadi “tok”ni bermayapti, deydi. Elektr energiya telegram ishonch raqami @HET_adminga chiqsak, bozorning qarzi bor, deydi.

3 ta so‘rovga 3 xil munosabat. Tegishli idoralar muammoni bartaraf qilishga kirishmayapti. Bu holat odamlarda, mijozlarda norozichilik kayfiyatini avj oldiryapti. Xalq norozi. Shaxsan men ham noroziman bu tashkilotlardan. Biznesimiz kengayib, davlatga, jamiyatga foydasi tegish o‘rniga biznesimiz to‘xtab, bankrotlik arafasida turipti.
Prezident Adminstratsiyasi vaziyatni qo‘lga olib, amaliy chora ko‘rishingizni so‘rayman. Bozor hududida 1000 dan ortiq do‘kon va tadbirkorlar bor. Agar vaqtida chora ko‘rilmasa, davlat byudjeti katta miqdorda zarar ko‘radi. Norozichilik kayfiyati kundan kunga avj olyapti. Keyin kech bo‘ladi...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ravshanbek, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas’ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16204    

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

Ma'lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685

Sayt sahifalarida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2451

Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
 

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 
 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

 

Gaz ta'minoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. «Hududgazta'minot» AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>