Chop etilgan sana: 2020-yil 26-aprel sanasi
Muddat yakuni: 2020-yil 7-may sanasi, (Toshkent vaqti bilan 10:00)
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «220 kV «Taxiatosh» IESdan–«Xorazm» podstansiyasi orqali–Sarimoy (Xorazm viloyati)gacha elektr uzatish tarmog‘ini qurish» loyihasi bo‘yicha zarur mashina hamda mexanizmlarni (3-to‘plam) xarid qilish bo‘yicha xalqaro tender e'lon qiladi. Ushbu tanlov jarayoni Osiyo Taraqqiyot Bankining «xaridlar» to‘g‘risidagi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
Tenderda ishtirok etishni istovchi tomonlar «xaridlar» to‘g‘risidagi talablarga oid hujjatlar va tanlovda qatnashishga doir ma'lumotlarni quyida ko‘rsatilgan elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali olishlari zarur. Tenderga taalluqli batafsil ma'lumotlarni quyida keltirilgan telefon raqami orqali olish mumkin.
Takliflarni qabul qilish muddati 2020-yil, 7-may sanasigacha (Toshkent vaqti bilan 10:00 gacha)
Murojaat uchun: +998 71 2085626
Elektron pochta manzili: northwest220g@gmail.com
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati