Yangiliklar
AFG‘ONISTONLIK MUHANDISLAR ELEKTR ENERGIYASI IMPORT AMALIYOTINI TIKLASHDI
  • 08.04.2020
  • 651

  Avval xabar berganimizdek, 2020-yil 2-aprel kuni tungi soat 22:15 da Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondan elektr energiyasi importini qabul qiladigan yuqori kuchlanishli havo liniyasida nosozlik yuzaga kelib, Afg‘oniston energotizimi iste'moli 450 mVtdan 50 MVt qiymatga kamaygan edi.

  «Da Afghanistan Breshna Sherkat» elektr tarmoqlari kompaniyasining mutaxassislari olib borgan ta'mirlash ishlari natijasida 2020-yil 2-apreldan 3-aprelga o‘tar kechasi nosozlik tufayli favqulotda o‘chgan Afg‘oniston hududidagi 220 kVli havo tarmog‘i 4-aprel kuni soat 18:50 da tarmoqqa ulandi. So‘ngra uch kun davomida, asosan kunduzgi paytda elektr tarmog‘ida ta'mirlash ishlari bajarilib, bugun — 8 apreldan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish eskport amaliyoti to‘liq tiklandi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>